Sanitariya qoidalariga rioya qilish yuzasidan qat'iy ogohlantirish berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Galmart” supermarketidan xarid qilingan gamburger mahsuloti ichidan qurt chiqqani aks etgan videoxabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, mahsulot tayyorlash jarayonida foydalanilgan salat bargi yetarli darajada tozalab yuvilmagani sababli ushbu noxush holat yuzaga kelgan.

Holat bo‘yicha supermarket xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi hamda sanitariya talablariga qat’iy amal qilish, mahsulotlarni tayyorlashda tozalikka alohida e’tibor qaratish yuzasidan qat’iy ogohlantirish berildi.

Hurmatli fuqarolar! Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishdan oldin ularning sifatiga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni