20-mart kuni poytaxtimizdagi 119 ta jome’ masjidida Ramazon hayiti namozi ado etiladi. Ushbu muborak kunda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.
🔹 Shu maqsadda 125 nafar malakali mutaxassis masjidlarga biriktirildi.
🔹 Tahoratxona va hojatxonalarning sanitariya holati to‘liq nazoratdan o‘tkazildi.
🔹 Issiq va sovuq suv tizimi, xona harorati hamda shovqin darajasi tekshirildi.
🔹 Masjidlarda keng qamrovli dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Bayram kunida barcha biriktirilgan xodimlar tomonidan sanitariya-epidemiologik holat doimiy monitoring ostida bo‘ladi.
Aziz yurtdoshlar, Ramazon hayitini pokiza va osoyishta muhitda qarshi olish uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati