Hududda deratizatsiya ishlari amalga oshirildi

Facebook ijtimoiy tarmog'ida Yunusobod tumanining "Beg'ubor" mahallasi hududidagi ko'p qavatli uylar atrofida kemiruvchilar yurgani aks etgan shikoyat tarzidagi videoxabar e'lon qilingan edi.

Holatga oydinlik kiritish hamda bartaraf etish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasining Yunusobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan hududda o'rganish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, kemiruvchilarga qarshi kurashish maqsadida "Beg'ubor" mahallasining Boshqaruv servis kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 7 "a" va 12-ko'p qavatli uylar atrofi hamda yerto'lasida deratizatsiya ishlari amalga oshirildi.

 

Qayd etish kerakki, tashkilot, muassasa va ko'p qavatli uylarda zararsizlantirish ishlarini olib borish — davlat tasarrufidagi yoki xususiy dezinfeksiya tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida olib borilishi lozim.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni