Oilaviy poliklinikalarda o'quv seminarlar o'tkazildi

Uchtepa tumanidagi oilaviy poliklinikalarda parazitar kasalliklar, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar hamda meningokokk infeksiyasini oldini olish masalalariga bag‘ishlangan o'quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

O'quv-seminari Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan 22-, 25-, 62-oilaviy poliklinikalar va tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etildi. Tadbirda oilaviy poliklinika shifokorlari va hamshiralari qatnashdi.

Seminar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

➖parazitar kasalliklarning kelib chiqish sabablari va tarqalish yo‘llari;
➖shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilishning ahamiyati;
➖o‘ta xavfli va meningokokk kasalliklarining dastlabki belgilari; 
➖kasalliklarni erta aniqlash va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish;
➖emlash tadbirlarining ahamiyati va profilaktika choralari.

✅Mutaxassislar tomonidan tibbiyot xodimlariga amaliy tavsiyalar berildi, savol-javoblar o‘tkazilib, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni