Shikoyat yuzasidan ta'lim tashkilotida tekshiruv o'tkazildi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo'limiga fuqarolardan kelib tushgan shikoyat arizasi yuzasidan Uchtepa tumanidagi 17-sonli DMTTning oshxonasida autsorsing usulda faoliyat yuritayotgan oshxonada mutaxassislar tomonidan vakilni xabardor etish tartibida sanitariya nazorati olib borildi. 

✅Sanitariya nazorati davomida shikoyat arizasida ko'rsatilgan holatlar o'z tasdig'ini topdi. 

 

🔍Oshxonada amaldagi Sanitariya qoida va me'yorlari to'liq tashkil etilmagan, jumladan:

➖oshxonada ish stollarining yetarli emasligi; 
➖oshxona anjomlari gigiyenik belgisi eskirganligi;
➖oshxonada ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya etilmayotgani;
➖sovutgichlarda mahsulotlar qo'shnichiligiga rioya etilmaganligi; 
➖tayyor taomlardan kunlik sinamalar olinmaganligi aniqlandi. 

📝Yuqoridagi holatlar yuzasidan oshxona ishchilariga va DMTT hamshirasiga tegishli tavsiyalar berildi. Korxona mas'ul xodimiga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni