Stomatologiya xizmatlaridan foydalanishda sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilinmasa, gepatit B va C kabi xavfli yuqumli kasalliklarni yuqtirib olish ehtimoli mavjud.
❓ Xavf nimada?
Noto‘g‘ri sterilizatsiya qilingan yoki bir martalik bo‘lmagan asbob-uskunalar orqali viruslar bemordan bemorga yuqishi mumkin.
✅Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo'limi tomonidan tayyorlangan infogarafikada shu haqida ma'lumot berildi.
⚠️ Unutmang, sog‘ligingiz — eng katta boylik. Ehtiyot choralariga amal qilish orqali og‘ir kasalliklarning oldini olish mumkin.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati