Bugun Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida Axborot xizmati va tuman bo‘limlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
👥 Seminarda tuman bo‘limlarining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘linmalari xodimlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmasi mutaxassislari ishtirok etdi.
📊 Seminar avvalida Boshqarma Axborot xizmati rahbari Jonibek Odiljonov rasmiy sahifalarning bugungi holati, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalarni taqdim etdi.
✅Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda tezkorlik va tizimlilikni oshirish, ochiq ma’lumotlarni o‘z vaqtida joylashtirish, aholiga mo‘ljallangan kontentning sifat va ishonchliligini kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
🛡 Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmasi xodimi Nargiza Nurullayeva tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hisobotlarni topshirish tartibi, undagi yangilik va o‘zgarishlar yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.
💬 Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, shuningdek, ish samaradorligini oshirish, ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati