Bugun Uchtepa tumanidagi Farhod dehqon bozori hududida tashkil etilgan bayramoldi savdo yarmarkasida sanitariya qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
👩⚕️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari:
— savdoga qo‘yilayotgan mahsulotlarning sifatini,
— aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligini,
— yarmarka hududidagi sanitariya holatini o‘rganib, joyida tushuntirish ishlarini olib bordi.
➡️ Shuning uchun yarmarkalarda gigiyena talablariga rioya qilish, sifatli mahsulot tanlash va farovon savdo muhitini to‘liq ta’minlash muhim. Mahsulotlarni to'g'ri saqlash va sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda savdoni amalga oshirish ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati