Bo‘g‘ma kasalligini oldini olish maqsadida laborator tekshiruv uchun tahlillar olindi

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari o‘rtasida bo‘g‘ma kasalligini erta aniqlash va uning oldini olish maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

🔍 Tadbir doirasida o‘quvchilardan tomoq va burun shilliq pardalaridan bakteriologik tekshiruv uchun namunalar olindi. Ushbu tahlillar bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisini aniqlash, xavf darajasini baholash hamda zarur bo‘lsa, o‘z vaqtida epidemiologik choralarni ko‘rishga xizmat qiladi.

🔰 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan o‘quvchilar o'rtasida gigiyena qoidalariga rioya qilish, yuqumli kasalliklarning dastlabki belgilari, profilaktik emlashlarning ahamiyati kabi mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni