Yaroqsiz holga kelgan meva savdosi to'xtatildi

🔎 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari tomonidan Farhod dehqon bozorida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🍏🚫Natijada iste’molga yaroqsiz holga kelgan, sifati buzilgan 32 kg olma savdosi aniqlanib, belgilangan tartibda savdodan olinib, brakeraj qilindi.

✅Qayd etish kerakki, sifati buzilgan olmani iste’mol qilish salomatlik uchun xavf tug'diradi. Chunki unda zararli mikroblar va mog‘or tez tarqaladi. Sog‘liq uchun xavfli mikotoksinlar hosil bo‘ladi, ular issiqlikda ham yo‘qolmaydi. Ovqatdan zaharlanish, qusish, ich ketishi, jigar va buyrak faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin.

✅ Shu sababli mahsulot xaridini amalga oshirayotganda mahsulotning tekshiruvdan o'tganligi, tashqi ko'rinishi hamda to'g'ri sharoitda saqlanayotganiga alohida e'tibor qaratish lozim. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni