Qurilish ishlari yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi 

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan 62-umumta’lim maktabi hamda 601, 334- va 361-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O'rganishlar davomida qurilish jarayonida sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi, ichimlik suvi ta’minoti, shamollatish tizimlari, yoritish va bolalar salomatligiga ta’sir qiluvchi boshqa muhim omillar alohida ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar tomonidan mavjud holatlar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qurilish tashkilotlariga amaldagi “Aholi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun, Sanitariya qoidalari va me’yorlari hamda hukumat qarorlarida belgilangan talablarning to‘liq bajarilishi shartligi eslatib o‘tildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni