Har yili 28-iyul sanasida butun dunyoda gepatit kasalligiga qarshi kurashish, aholining xabardorligini oshirish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni nishonlanadi.
Gepatit — jigarni zararlovchi yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, A, B, C, D va E turlari mavjud. Ularning ayrim shakllari og‘ir asoratlarga, jumladan jigar sirrozi va jigar saratoniga olib kelishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 350 milliondan ortiq inson surunkali gepatit B yoki C virusi bilan yashamoqda.
Gepatit A va B turlariga qarshi emlash mavjud bo‘lib, u kasallikning oldini olishda eng samarali vositalardan biridir. Gepatit C esa zamonaviy davo usullari orqali to‘liq davolanadi.
Kasallikning oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
Ushbu sana munosabati bilan fuqarolarni gepatit virusi bor-yo‘qligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvlardan o‘tishga, sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaslikka chaqiramiz.
Sog‘lom turmush tarzi – gepatitga qarshi eng samarali kurashdir!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati