Mamlakatimizda 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb nomlanishi zamirida ekologik barqarorlikni taʼminlash, yashil texnologiyalarni keng joriy etish maqsadlari yotadi. Bugun ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘lida boshlagan keng qamrovli ishlar mamlakatimiz aholisining sog‘lig‘ini saqlash, ona tabiatimizni kelgusi avlod uchun sofligicha yetkazish kabi hayotiy maqsadlarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tayyorlangan infografika aynan joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan maqsadli vazifalar haqida ma'lumot berildi.