O‘rganishlar davomida issiqda saqlanishi oqibatida muddati o'tib ketgan 39 litr tuzlama, noma'lum sharoitda tayyorlangan va ikkilamchi idishlarda saqlanayotgan 6 litr ayron va 15 litr sut iste'mol uchun yaroqsizligi bois sotuvdan olindi va tegishli tartibda yo'q qilindi.
Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan Sergeli dehqon bozorida olib borilgan nazorat davomida aniqlandi.
Iste'mol uchun xavfli va yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar savdodan olinishi bilan bir qatorda sotuvchilarga nisbatan bu turdagi mahsulotlarni sotuvga qo'ymaslik yuzasidan qat'iy ogohlantirish berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati