Bolalar va o‘smirlar sport maktabida rejaga muvofiq sanitariya nazorati o'tkazildi

Sport maktablari-yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydigan ixtisoslashgan oquv tarbiya muassasasidir. Bolalar va o‘smirlarning maktabdan tashqari sport ta'limi tizimini yanada takomillashtirish, sport zaxiralari va yuksak mahoratli sportchilar tayyorlash, trenerlar va mutaxassislar mehnatini, ularning tarbiyalanuvchilari yuqori sport natijalarga erishishida sport maktablari etarli shart-sharoitlar bilan ta'minlanishi kerak. 

Shu sababli  Sanepidqomita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi qonuni, Sanitariya qoida va me'yorlari asosida rejali sanitariya nazorati o'tkazildi.

Sanitariya nazorati davomida sport maktabida bir qator kamchiliklar aniqlandi, ya'ni bular:

➖sport zali, boks va taekvondo seksiyalari, stadion hojatxonasi joriy taʼmirtalab; 
➖dushxonadagi santexnika jihozlari yangilashga muhtoj; 
➖profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun shartnoma tuzilmagan va o‘tkazilmagan; 
➖amaldagi Sanitariya qoida va meʼyorlariga amal qilinmasligi maʼlum bo‘ldi. 

Nazoratda aniqlangan kamchilik va qonun buzilishi holatlari yuzasidan sport maktabi direktoriga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma tuzilib, kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni