Antisanitariya holatidagi novvoyxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Sanepidqo'mmita Toshkent shahar boshqarmasining Sergeli tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi novvoyxonalarda sanitariya holatini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, bir novvoyxonada ta'mirlash ishlari olib borilmagani, ishlab chiqarish va omborxona qismi tozalik talablariga javob bermasligi, shuningdek, sanitar-texnik jihozlarning yaroqsiz holga kelgani kabi jiddiy kamchiliklar mavjud.

Aniqlangan qonunbuzarliklar asosida tadbirkorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, faoliyatni sanitariya talablariga to‘liq javob beradigan holatga keltirishgacha vaqtincha to‘xtatish chorasi qo‘llanildi.

Shuni unutmaslik kerakki, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchi bunday obyektlarda sanitariya talablariga qat’iy rioya qilinishi inson salomatligining kafolati hisoblanadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni