Parazitar kasalliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalda oshirilmoqda

Taxmin qilinishicha, dunyoda hayoti davomida biron marta gijja bilan kasallanmagan kishi mavjud emas. Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda yer sayyorasi aholisining  24 foizi yoxud 1,5 milliard kishi gijjalar bilan kasallangan hisoblanadi. Gijjalar bu patologik mikroorganizmlar bo‘lib, insonning yoshlik davridan birga bo‘ladigan "hamrohi" dir. Organizmga tushgan parazitarlar maʼlum vaqt o‘tib, o‘g‘ir muammolarga olib kelishi mumkin. 

Shu sababli, Sanepidqo'mitaning Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi Parazitologiya va laboratoriya bo'linmasi xodimlari tomonidan tumandagi 290-sonli ta'lim tashkilotidagi 497 nafar boshlang'ich sinf o'quvchilaridan gelmintoz (gijja) kasalligini aniqlash uchun qirindi usulida namunalar olindi.

Olingan namunalarda tuman parazitologiya laboratoriyasida o‘rnatilgan tartibda laborator tekshiruvlar o‘tkazildi va 2 nafar o‘quvchida geminolipedoz, 4 nafarida askaridoz, 1 nafarida enterobioz kasalliklari aniqlandi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha mas'ullarga bajariladigan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni