❓ Emlash nima?
Emlash – bu organizmga maxsus tayyorlangan vaksina yuborish orqali unga kasalliklarga qarshi kurashishni "o‘rgatish" jarayonidir.
Bu jarayonda esa:
✅ Kuchli immunitet shakllanadi;
✅ Kasallik yuqtirganda ham yengil o‘tadi;
✅ Kasallik boshqalarga yuqmasligi ta'minlanadi.
❓Nega emlanish zarur?
🦠 Qizamiq, ko‘kyo‘tal, polio, gepatit kabi kasalliklar xavfini 90–99% kamaytiradi.
🏥 Emlanmaganlar orasida kasallik og‘ir kechishi, hatto o‘lim holatlari ko‘proq kuzatiladi.
💸 Davolanishga ketadigan xarajatlardan ko‘ra emlash ancha arzon va foydali.
🧬 Emlash orqali oldini olishingiz mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxati:
🔹 Qizamiq (kor);
🔹 Ko‘kyo‘tal (koklyush);
🔹 Difteriya;
🔹 Poliomiyelit (falaj);
🔹 Sil (BTSJ);
🔹 Gepatit A, B;
🔹 HPV – bachadon bo‘yni saratoniga sabab bo‘luvchi virus;
🔹 COVID-19.
❌ Emlanmaslik nimaga olib keladi?
⚠️ Kasallikning og‘ir kechishi;
⚠️ Kasallikni boshqalarga yuqish xavfi;
⚠️ Kasalxonada davolanish, katta xarajat;
⚠️ Umr bo‘yi asoratlar yoki nogironlik;
⚠️ Yaqinlaringizni xavf ostiga qo‘yish.
‼️Bugun emlaning – ertaga afsus chekmang! O‘z sog‘lig‘ingizga mas’uliyat bilan yondoshing! Mahalliy poliklinikangizga murojaat qiling va farzandlaringizni rejalashtirilgan emlash ishlari bilan qamrab oling.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati