Tuxum iste'mol qilayotganda bu 6 jihatga albatta e’tibor bering!

Tuxum – oqsilga boy, arzon va foydali mahsulot. Lekin uni noto‘g‘ri iste’mol qilish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Quyidagilarga albatta e’tibor bering:

1️⃣ Tashqi ko‘rinishini kuzating

Yoriq, iflos yoki xiralashgan tuxum salmonella kabi xavfli bakteriyalar manbai bo‘lishi mumkin.

2️⃣ To‘g‘ri saqlang

Tuxumni muzlatkichda, 4°C dan past haroratda saqlang. Shunda u uzoqroq saqlanadi va sifatini yo‘qotmaydi.

3️⃣ Yuvishdan ehtiyot bo‘ling

Tuxumni yuvish bakteriyalarni ichkariga o‘tkazishi mumkin. Pishirish oldidan ehtiyotkorlik bilan tozalang.

4️⃣ Yaxshi pishiring

Xom tuxum iste’mol qilish salmonellyoz xavfini oshiradi. Tuxumni to‘liq pishirib iste’mol qiling.

5️⃣ Yaroqlilik muddatiga qarang

Har doim muddatini tekshiring. Tuxum suvga solganda tepaga suzib chiqsa – demak u yaroqsiz! 🚫

6️⃣ Allergiyaga e’tibor bering

Ba’zi odamlarda tuxum allergiya chaqiradi. Bunday hollarda shifokor bilan maslahatlashish muhim.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni