Ifloslangan havodan nafas olish oqibatida turli kasalliklar avj oladi (mi?)

Havo ko‘rinmaydi, lekin uning ta’siri sezilmay qolmaydi! Har kuni millionlab odamlar ifloslangan havodan nafas oladi, natijada sog‘liq bilan bog‘liq turli muammolar paydo bo‘ladi. Xo‘sh, havo ifloslanishi qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin?

Nafas yo‘llari kasalliklari – chang, tutun va zaharli gazlar nafas olish yo‘llarini tirnash xususiyatiga ega bo‘lib, bronxit, astma va surunkali yo‘talni keltirib chiqaradi. Ko‘chalarda uzoq vaqt bo‘lish yoki transport vositalari yaqinida yashash bu kasalliklarni kuchaytiradi.

O‘pka kasalliklari – zararli zarralar o‘pkaga tushib, yallig‘lanish va o‘pka to‘qimalarining zararlanishiga sabab bo‘ladi. Doimiy iflos havo ta’sirida o‘pka saratoni rivojlanish xavfi ortadi.

Yurak-qon tomir kasalliklari – kislorod o‘rniga zararli gazlar bilan to‘yingan havo yurak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada qon bosimi oshadi, tomirlar torayadi va insult hamda infarkt xavfi ortadi.

Ko‘z va teri muammolari – havodagi kimyoviy moddalar allergik reaksiyalar, qichishish va teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, ko‘z shilliq qavati iflos havoga juda sezgir bo‘lib, qizarish va quruqlik yuzaga keladi.

Immunitetning zaiflashishi – organizm doimiy ravishda zararli moddalar bilan kurashishga majbur bo‘lganda, immunitet sustlashadi. Bu esa shamollash va infeksion kasalliklarga chalinish xavfini oshiradi.

❓Xo'sh, buning oldini olish uchun nima qilish kerak?

✅ Ko‘chalarda niqob taqish;
✅ Uyda havo tozalagichlar ishlatish;
✅ Ko‘proq yashil hududlarda sayr qilish;
✅ Mashinalar chiqaradigan tutundan uzoq yurish;
✅ O‘simliklar ekib, havoni tabiiy yo‘l bilan tozalash zarur.

🌍Unutmang! Toza havo – sog‘lom hayot kaliti. O‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qilish uchun atrof-muhitni asrab-avaylashga hissa qo‘shing! Ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashing!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni