Noma'lum sharoitda tayyorlangan mahsulotlar savdodan olindi

Botulizmdan saqlanish uchun uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari, tuzlamalardan ehtiyot bo‘lish lozim. Shuningdek, belgilanmagan joylar – ko‘chalardan konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik yoki sotib olinayotgan har qanday oziq-ovqat mahsulotining yorlig‘i, yaroqlilik muddatiga e’tibor qaratish kerak. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan navbatdagi o'rganishlar davomida fuqarolar tomonidan qo'l bola tayyorlangan, tayyorlangan mahsulot haqida ma'lumotnomasi bo'lmagan, ikkilamchi ishlatilayotgan pet idishlarda saqlanayotgan umumiy miqdori 13 kg bo'lgan janduq va qalampir mahsulotlari tegishli tartibda yo'q qilindi. 

Eslatib o'tamiz, har qanday konservalangan mahsulotni ochishdan oldin chayqamasdan uning  suvining tiniqligini ko‘zdan kechirish, qopqog‘i ko‘tarimaganligiga ishonch hosil qilish zarur. Bundan tashqari mahsulotning ezilmaganligiga, hidiga e’tibor qaratish kerak.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni