Bugun 20:30 da "Toshkent" telekanalining "Ochiq muloqot" ko'rsatuvi jonli tarzda efirga uzatiladi. Unda Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ko'rsatkichlar bo'yicha muhokama olib boriladi.
Siz ham sohaga oid o'zingizni qiziqtirgan savollarni jonli efir davomida ko'rsatilgan raqamlar orqali yo'llash va javob olish imkoniyatiga egasiz.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati