Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’kidlash maqsadida doimiy ravishda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari orasida seminar va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.
Seminarda tuman bo‘limlarining Kadrlar bo‘yicha inspektorlari va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan soha xodimlarining malakasini oshirish, kadrlar va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda 2025-yilda bajarilishi muhim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati