“Boshqaruvchilar maktabi – 2025” maxsus integrasion malaka oshirish o‘quv kurslari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan Toshkent xalqaro Vestminster universiteti hamda Sanepidqo'mitada sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari rahbar xodimlarining davriy “Boshqaruvchilar maktabi – 2025” maxsus integrasion malaka oshirish o‘quv kurslari boshlangan edi. 

O'quv kursi kunlari Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Jamoat salomatligi va sogliqni saqlashni boshqarish” kafedrasida (Xo‘jalik hisobida o‘tkaziladigan sikl) o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu mavzuiy malaka oshirish siklida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ham ishtirok etishmoqda.

Bugun Sanepidqo'mita Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari boshliqlari Toshkent shahar boshqarmasida ham bo'lib, poytaxtimizda yuqumli kasalliklarga qarshi olib borilayotgan ishlar, bo'limlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni