Davolash profilaktika muassasasida sanitariya nazorati olib borildi

Xavf guruhiga mansub bo‘lgan, faoliyati bevosita qon va qon preparatlari bilan bog‘liq davolash profilaktika muassasasida Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatma xatiga asosan, sanitariya nazorati ishlari olib borildi.  

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan olib borilgan sanitariya nazorati davomida:

➖qon ishlab chiqarish a’zolarida nuqson yoki kasallik aniqlangan bemorlarni to‘liq ro‘yxati shakllantirilganlik holati o‘rganildi;

➖bemorlarga qon preparatlarini quyish bilan bog‘liq muolaja xonalarining sanitariya-epidemiologik tartibga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi;

➖qon va qon preparatlari bilan kontaktda bo‘lgan bir martalik anjomlarni utilizatsiya qilinish tartibi nazoratdan o‘tkazildi;

➖faoliyatlari bevosita qon va qon preparatlari bilan bog‘liq tibbiyot hamshiralarini ayrim dolzarb virusli infeksiyalarni tarqalishi oldini olishga qaratilgan profilaktik chora ya’ni, emlanganlik holatlari ma’lumotlar bazasi bilan taqqoslandi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni