Tibbiyot xodimlarining sharafli va mas'uliyatli mehnatini e'zozlash, samarali faoliyat yuritishi uchun zarur imkoniyatlar yaratish doimiy e'tiborda. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2006-yil 12-sentyabrda qabul qilingan tibbiyot xodimlari kunini belgilash to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni buning yorqin dalilidir. Mazkur qonunga muvofiq yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Sog'liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan bunday muhim tadbirlar inson manfaatlarini muhofaza qilish, xalqimizni tibbiy-ijtimoiy himoyalash ko'lamini kengaytirish, turli yuqumli kasalliklarning oldini olish, aholi sog'ligini mustahkamlash, jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirishda muhim omil bo'layotir.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'iga asosan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda uning tuman bo'limlari xodimlarining bir guruhi, xususan:
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan taqdirlanganlar hamda soha xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz. Shuningdek, aholi salomatligini saqlash yo'lida ko'rsatayotgan matonatlari, sa'y-harakatlari hamisha bardavom va yutuqlarga boy bo'lishiga tilakdoshmiz.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati