Difteriya o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, kasallikni birinchi navbatda tomoq va yuqori nafas yo'llarini yallig'lash bilan birga, toksin ishlab chiqarib, boshqa organlarni zararlovchi difteriya tayoqchalarini keltirib chiqaradi.
Difteriyaning eng og'ir asoratlaridan biri - o'limga olib keluvchi nafas yo'llarining tiqilishidir. Kasallikning boshlang'ich davrida yoki bir necha hafta o'tib yurak ritmining buzilishi, yurak yetishmovchiligining shakllanishi yoki surunkali yurak yetishmovchiligi kuzatilishi o'limga sabab bo'luvchi miokardni keltirib chiqaradi. Erta boshlangan falajlikda bosh miya asab tolalari zararlanadi. Bemor dimoq bilan gapirishi, ovqat yeyishda tiqilishi, suyuq ovqatning burundan qaytishi kuzatiladi, tanglayda paydo bo'lgan parda osiladi. Bemor falajlanganida, yaqin masofadagi mayda buyumlarni ajrata olmaydi, o'qishga qiynaladi, yuz nervining falajlanishi, ptoz va g'ilaylik kuzatilishi mumkin.
Difteriya tananing boshqa aʼzolariga ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Buning sababi organizm tomonidan chiqariladigan toksinlar yoki zaharlardir. Yurak va asab tizimiga jiddiy zarar yetkazilishi mumkin. Difteriyaga 2 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar koʻproq moyildir.
Kasallikka chalinmaslik va bolalarni undan saqlash uchun Milliy emlash kalendariga muvofiq bolalarni o'z vaqtida emlatish tavsiya etiladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati