Tibbiy chiqindilar 4 guruhga tasniflanadi - A, B, V, G. Aynan ushbu chiqindilar epidemiologik nuqtayi nazardan xavfli materialdir, ular maxsus chiqindilarni yoqish pechlari – insineratorlarda yo‘q qilinishi kerak.
❓Xo'sh, tibbiy chiqindilar qayerda hosil bo'ladi?
Bemorlar uylaridan, bemorlar davolanayotgan tibbiyot muassasalaridan va konteynerli sanitariya shaharchalarida to'planadi. Karantin zonalarda eng ko‘p tibbiy va maishiy chiqindilar hosil bo‘ladi.
❓Tibbiy chiqindilar utilizatsiyasi qanday qilinadi?
Tibbiy chiqindilar maxsus pechlarda utilizatsiya qilinadi. Har bir pechning yonish kuchi bir vaqtning o‘zida 1 tonnani tashkil etadi.
Insinerator ikki kameradan iborat: yoqish va eritish. B guruhidagi chiqindilar ikki kameradan iborat maxsus pechlarda yoqiladi. Birinchisida chiqindi 1200 daraja haroratda yonadi, hatto kul ham qolmaydi. Ikkinchi kamerada - bug‘latuvchida - eritish jarayoni o‘tadi. Maxsus texnologiya atrof-muhitga mutlaqo zararsiz oq tutun chiqarish imkonini beradi. Bu holatda, nafaqat tibbiy chiqindilar, balki koronavirus bilan kasallanganlardan qolgan maishiy chiqindilar ham yoqiladi. Bu hojatxona qog‘ozi, idishlar, oziq-ovqat chiqindilari, choyshablar va boshqalardir.
Ushbu chiqindilar yoqish kamerasining hajmi 1 tonnani tashkil qiladi. Ahlatning bir marotaba yuklanishi to‘rt soat davomida yoqib yuboriladi. Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlarning, shuningdek, kasallikga dumon qilingan bemorlarning barcha oziq-ovqat chiqindilari maxsus germetik sariq plastik idishlarga, plastik esa zichligi 13 mikron bo‘lgan maxsus sariq polietilen paketlarga yig‘iladi va utilizatsiya qilinadi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati