“Korzinka” savdo obyektidan olingan surtma namunalari laboratoriya tahlilidan o‘tkazildi

Surtma naychalari namunalari ish stollari yuzasidan (10-20 sm. kv yuzadan bir dona) korxonada o‘tkazilgan dezinfeksiya ishlarini samaradorligiga baho berish hamda xizmatchilarning qo‘llari va maxsus kiyimlarini cho‘ntaklari va tugmalari atrofidan ishchi-xizmatchilarni shaxsiy gigiyena qoidalariga qay darajada rioya qilayotganliklariga baho berish maqsadida tahlil uchun olinadi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi laboratoriya kompleksi mutaxassislari tomonidan “Korzinka” savdo tarmog'ining  “Beruniy”, “Shedevr”, “Aviasozlar”, “Fayziobod”, “Sergeli” filiallaridagi ish jihozlari, anjomlari, ishchi-xizmatchilarning maxsus kiyimlari va qo‘llaridan kasallik chaqiruvsi mikroorganizmlar bilan ifloslanganlik darajasiga baho berish maqsadida surtma naychalari namunalari tahlil uchun olindi.

Bu turdagi shartnoma asosida olib boriladigan tahlillardan asosiy maqsad savdo tarmog‘i obyektida xavf omillarini tahlil qilish, korxona xizmatchilari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan mahsulotlarni tashish, saqlash va realizatsiya qilish normalariga rioya etilishini yanada jiddiy nazorat qilishdir. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni