Grippdan himoyalanish choralari qanday?

Gripp to‘satdan boshlanib, bir necha soatda bemorda isitma, yo‘tal (odatda quruq), bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq, zaiflik, tomoq yallig‘lanishi va burun oqishi paydo bo‘ladi.

Grippning sababi nafas yo‘llarining shilliq qavatiga virusning kirib borishidir. Grippning inkubatsion davri 2 kundan 9 kungacha davom etadi va birinchi alomatlar paydo bo‘lganidan keyin 5-10 kun davomida yuqumli hisoblanadi.

Virus asosan havo tomchilari orqali yuqadi va shu sababli maktab, bolalar bog‘chasi, idoralar va boshqa odamlar gavjum joylarda tez tarqaladi. Kassallik ko‘pincha yo‘talganda, aksirganda bemordan boshqaga o‘tadi, shuningdek, qo‘l siqish orqali ham yuqish ehtimoli bor. Shuning uchun virus tarqalishining oldini olishning asosiy chorasi – niqob taqish (sog‘lom odam emas, balki bemor) va muntazam ravishda qo‘lni sovun bilan yuvishdir.

Grippning oldini olishning bir necha yo‘li mavjud, jumladan: 

➖kasallikka qarshi emlanish;
➖kasal odamlar bilan aloqa qilishdan saqlanish; 
➖kasallikning har qanday belgilari kuzatilganda, uyda qolish; 
➖aksirish paytida va yo‘talayotganda og‘iz va burunni ro‘molcha bilan berkitish;
➖imkon qadar qo‘llarni sovun bilan yuvish; 
➖agar buning imkoni bo‘lmasa, antiseptik vositalardan foydalanish;
➖ayniqsa jamoat joylariga tashrif buyurganda ehtiyotkor bo‘lish.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni