Tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar va biologik faol qo‘shimchalarni ishlatish taqiqlanadi

Qonunchilikka ko'ra, oziq-ovqat mahsulotini yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalar talablariga muvofiq ishlab chiqaradilar. 

Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan oziq-ovqat xomashyosidan, oziq-ovqat qo‘shimchalardan, qadoqlash va yordamchi materiallardan va ulardan ishlangan buyumlardan, uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar va biologik faol qo‘shimchalarni ishlatish taqiqlanadi.

Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotining sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga mos bo‘lishi mahsulotlarning sifati esa sertifikat bilan ham tasdiqlanishi kerak.

Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xomashyosini yetishtirish chog‘ida veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qo‘shimchalarni qo‘llashga ular belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.

O‘simliklardan olinadigan oziq-ovqat xomashyosini yetishtirish chog‘ida zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlarni qo‘llanishiga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni