Rasmiy munosabat: Fuqaro murojaati yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi

Facebook ijtimoiy tarmog'ida Yakkasaroy tumanining Qushbegi hamda Muqimiy ko'chasi atrofida yashovchi aholi yashash xonadonlariga noxush hid kelayotgani, shuningdek, kechki vaqtda turli shovqinlar eshitilayotgani yuzasidan xabar e'lon qilindi.

Aytish joizki, aynan shu mazmundagi murojaat Sanepido'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo'limiga ham kelib tushgan. Shu sababli Boshqarmaning sanitariya-gigiyena laboratoriyasi hamda Yakkasaroy tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi. Hid va shovqin darajasi laboratoriya mutaxassislari tomonidan o'lchandi. Noxush hid va shovqin yashash hududi yaqinida joylashgan ishlab chiqarish obyektlaridan tarqalayotgani gumon qilinmoqda. Tahlil javoblari chiqqandan so'ng qo'shimcha ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni