Rasmiy munosabat: Tez yordam xodimi tomonidan yolg'on xabar tarqatilgan

Bugun telegram ijtimoiy tarmog'ida poytaxtimizdagi "16-gorbolnitsa" go'shtdan zaharlanganlar bilan to'lmoqda, mazmunidagi video xabar tarqaldi.

Ushbu xabarga ko'ra, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, ovqatdan zaharlanganlik bo'yicha Boshqarma hamda uning tuman bo'limlariga shoshilinch xabarnoma kelib tushmagan.

Shuningdek, shifoxona va Sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan bog'lanilganda, video xabarda zaharlanganlik haqida ma'lumot bergan fuqaro Tez yordam xodimi ekanligi va yolg'on xabar tarqatganligi aniqlandi. Xodim yolg'on xabar tarqatganligi tufayli prokuratura organi ushbu ishni ko'rib chiqayotganligini ma'lum qilamiz.

Eslatib o'tamiz, tarmoqlarda asoslanmagan tarzda tarqatilayotgan yolg'on xabarlarga ishonmang.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni