Qozog'istonda  "Amaliy epidemiologiya (FETP)-2024" simpoziumi bo'lib o'tmoqda

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) tomonidan joriy yilning 10–13 sentyabr kunlari Qozog'istonning Olmaota shahrida "Amaliy epidemiologiya (FETP)-2024" mavzusida birinchi ilmiy simpozium o'tkazilmoqda.

Simpoziumni o'tkazishdan maqsad yuqumli kasalliklarni oldini olish, bu borada davlatlar tajribasini o'rganish va yangi amaliyotlarni joriy qilishdan iborat.

Shunga ko'ra, ushbu yirik tadbirda Sanepidqo'mita AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari bilan hamkorlikda sanitariya-epidemiologiya sohasida xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilayotgani bois Qo'mita xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Bugun simpozium doirasida o'tkazilayotgan tadbirda Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassisi Shohsanam Abdullayeva poytaxtimizda qizamiq kasalligining keng tarqalishini oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar va Boshqarma tajribasi yuzasidan taqdimot qildi.

Aytish joizki, taqdimot va poytaxtda epidemiologik vaziyatni barqaror ushlash borasida olib borilayotgan ishlar qatnashchilar tomonidan e'tirof etildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni