Agar, Sizga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan qonun buzilishiga doir holatlar yoki Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari xodimlarining noqonuniy harakatlari ma’lum bo‘lsa boshqarmaning
📞(71)-248-12-44 "Ishonch telefoni"ga xabar berishingizni so‘raymiz!
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Ishonch telefonlari" orqali qabul qilish haftaning dam olish kunlari (shanba va yakshanba) dan tashqari soat 8:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.
Unda fuqarolar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek sohaga doir sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.
Agar berilayotgan ma’lumotlar yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bilan bog‘liq bo‘lmasa yoki sanitariya-epidemiologiya faoliyatiga daxldor bo‘lmasa, u holda mas'ul xodim tomonidan uning xabar yuzasidan qayerga murojaat qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.
Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi. Qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.
Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va rahbariyatga kiritiladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda muddatda ko‘rib chiqiladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati