OIV infeksiyasi profilaktikasiga yoʻnaltirilgan mablagʻ uni davolashga ketadigan xarajatdan bir necha barobar koʻp samara beradi. Bunday vazifalarni hayotga tadbiq etish maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarda davlat idoralari bilan bir qatorda jamoat birlashmalari, xalqaro tashkilotlar, keng aholining faol ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunday tadbirlarning barchasi inson hayotini asrash, xalqimizning salomatligini muhofazalash, kelajak avlodlarni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan.
Hozirgi kunda OIV/OITS kasalligini xususiy tibbiyot maskanlaridan yuqtirib olish holatlari ham bir necha marotaba ortganligi sababli Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari, Toshkent shahar OITS ga qarshi kurashish markazi xodimlari bilan hamkorlikda tumanda faoliyat olib borayotgan xususiy tibbiyot maskanlari rahbarlari va mas'ul xodimlari ishtirokida seminar mashg'ulot o'tkazildi.
Seminar davomida bir marotabalik tibbiy asbob anjomlardan foydalanish va foydalanib bo'lingandan so'ng utilizatsiya qilinishi shartligi, ko'p marotabalik tibbiy anjomlarni yetarli darajada zararsizlantirish va zararsizlantirilgan anjomlarni saqlash qoidalariga amal qilish, doimiy ravishda xususiy klinikada kunlik zararsizlantirsh ishlarini olib borish bo'yicha to'liq ma'lumotlar berilib, ushbu mavzuga oid eslatmalar tarqatildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati