Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari rioya etilishi shart bo'lgan hujjatdir

Amaldagi qonunchilikka binoan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari davlat organlari hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi shart bo‘lgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlardir.

Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.

Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qo‘yiladi.

Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

("Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'grisida" gi qonunning 5-moddasi)

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni