Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga, iqtisodiy o‘sishga, davlat boshqaruvida shaffoflikka eng katta to‘siqlardan biri. Shu bois, har yili 9 dekabr sanasi butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga e’tibor qaratiladigan muhim kun sifatida nishonlanadi.
‼️BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga ko‘ra, ushbu kunning belgilanishidan asosiy maqsad — korrupsiyaning mohiyatini chuqur anglash, unga qarshi barqaror tizimli choralarni kuchaytirish va jamiyatda murosasiz munosabatni shakllantirishdir.
🌍 Shu munosabat bilan ko‘plab mamlakatlarda uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
🇺🇿 O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishda qilgan qadamlar
✅O‘zbekiston 2008 yilda Korrupsiyaga qarshi konvensiyaga qo‘shilgan bo‘lib, aynan oxirgi yillarda bu borada tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
🔹 2016 yilda Prezident tomonidan korrupsiyaga qarshi keskin kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
🔹 2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
🔹 “Harakatlar strategiyasi”da korrupsiyaga qarshi kurash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
🔹 2018 yilda Oliy Majlis palatalarida maxsus qo‘mitalar tashkil etildi.
🔹 Davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralash, shaffof tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.
🔹 2019 yildan boshlab korrupsiyaga eng ko‘p duch keladigan lavozimlar bo‘yicha xavf tahlili olib borilmoqda.
🔹 Davlat xizmatchilarining daromad va mulk deklaratsiyasi tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinmoqda.
✅Bugun korrupsiyaga qarshi kurash — jamiyatimizning umumiy maqsadi, davlatimiz barqarorligi va taraqqiyoti yo‘lida eng muhim omillardan biriga aylandi.
⚖️ 9 dekabr — korrupsiya kabi illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni yana bir bor eslatib turuvchi, jamiyatimizni yanada pok, adolatli va ochiq qilishga chaqiruvchi kun.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati