Korrupsiya - siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy havfli hodisa bo‘lib, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga hilof ravishda egallashiga imkon berishdir. Korrupsiya natijasi bo‘lgan poraxo‘rlik esa davlatni ich-ichidan yemiradi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tumani bo'limi mudirasi va korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmasi mas'ul xodimi tomonidan ishchi xodimlar o'rtasida korrupsiyani oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati