O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 29 oktyabrdagi “Tibbiyot xodimlarini o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘qitish to‘g‘risida” 310 - sonli buyrug‘iga asosan, barcha ma’muriy xududlarda joylashgan DPMlarida maxsus dastur asosida 15-20 soatli o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkazilgan. Toshkent shahri bo‘yicha o‘tgan 2023 yil 6 oylikda jami 9596 nafar (97,0%) shifokorlar, 20278 nafar (98,2%) o‘rta tibbiyot xodimlaridan sinovlar olingan
Shuningdek, Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi, IIBB, O‘zbekiston temir yo‘llari Aksionerlik jamiyati, O‘zbekiston Havo yo‘llari va Sog‘liqni saqlash Bosh Boshqarmasi bilan hamkorlikda karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish va epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlar yuzasidan, quturish, kuydirgi, Qrim Kongo gemorragik isitma kasalliklari bo‘yicha ko‘rgazmali maxsus taktik o‘quv amaliy mashqlari o‘tkazilgan.