Bosh sahifa / Sifati kafolatlanmagan yaroqsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi

Sifati kafolatlanmagan yaroqsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati va "Renessans" telekanali hamkorligida Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Buyuk Ipak yo'li" metrosi atrofida tashkil qilingan savdo bo'yicha reyd tadbiri olib borildi. 

O'tkazilgan reyd davomida quyosh tig'i ostida sotilayotgan, iste'molga yaroqsiz, mahsulot sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo'lmagan, tayyorlash va sotish sharoitlariga rioya qilinmayotgan:
 
- 10 litr go'ja;
- 16 litr mevali sharbat;
- 200 litr anor sharbati sotuvdan olinib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi va sotuvchilarga ogohlantirish choralari qo'llanildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati 

24-07-2024, 14:55
Ortga qaytish