Bosh sahifa / Chorsu dehqon bozorida iste'molga yaroqsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi

Chorsu dehqon bozorida iste'molga yaroqsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi

Eski Juva dehqon bozorining goʼsht, tovuq, sut va tuzlama rastalari atrofida katta tozalash, zararsizlantirish va obodonlashtirish ishlari tashkillashtirildi. Muzlatgich va sovutgichlar tozalattirilib tartibga keltirildi. Sotuvchilarga ovqatdan zaharlanish, botulizm kasalliklarini oldini olish haqida hamda sanitar-gigiyenik talablarga rioya qilib ishlash kerakligi haqida tegishli tavsiyalar berildi. 

 Nazorar tadbirlari natijasida  sifati kafolatlanmagan, isteʼmolga yaroqsiz:

🥕140 kg sabzi;
🍈42 kg qovun; 
🍅18 kg pomidor; 
🥛14 litr sut;
🍑70 kg shaftoli;
🍎 23 kg olma mevalari sotilayotganligi aniqlandi hamda oʼrnatilgan tartibda savdodan olinib, brakeraj qilindi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

22-07-2024, 08:57
Ortga qaytish