Bosh sahifa / GRIPPNING OLDINI OLISHDA VAKSINATSIYA MUHIMLIGINI UNUTMANG!

GRIPPNING OLDINI OLISHDA VAKSINATSIYA MUHIMLIGINI UNUTMANG!

🍁Mavsumiy gripp — nafas yo‘llarini zararlovchi, tez tarqalishi mumkin bo‘lgan o‘tkir yuqumli virusli kasallik. U har qanday yoshdagi insonlarda uchrashi mumkin. Ayniqsa, yosh bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklari mavjud shaxslar uchun gripp asoratlari xavfli kechishi mumkin.

🛡Nima uchun grippga qarshi emlanish kerak?

💉Vaksinatsiya:

✅Gripp bilan kasallanish xavfini kamaytiradi;
✅Kasallik og‘ir kechishi va jiddiy asoratlar rivojlanishining oldini olishga yordam beradi;
✅Kasalxonaga yotqizilish ehtimolini kamaytiradi;
✅Aholi o‘rtasida infeksiya tarqalishini cheklashga xizmat qiladi.

⚠️Grippning asosiy belgilari:

🌡Tana haroratining ko‘tarilishi;
🤧Burun oqishi yoki bitishi;
😷Yo‘tal va tomoq og‘rig‘i;
🤕Bosh og‘rig‘i;
💢Mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq;
🥱Umumiy holsizlik va charchoq.

📌Kimlarga vaksinatsiya ayniqsa muhim?

🔴6 oylikdan boshlab bolalar;
🔴 65 yoshdan oshgan keksalar;
🔴 Homilador ayollar;
🔴 Surunkali kasalliklari mavjud shaxslar;
🔴 Tibbiyot xodimlari va infeksiya bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan boshqa guruhlar.

🧼Grippdan himoyalanish uchun qo‘shimcha tavsiyalar:

⏺Qo‘llaringizni sovunlab muntazam yuving.
⏺Xonalarni tez-tez shamollatib turing.
⏺Yo‘talish va aksirish odobiga rioya qiling.
⏺Kasallik alomatlari kuzatilganda jamoat joylariga borishni cheklang.
⏺O‘zboshimchalik bilan davolanmang, shifokorga murojaat qiling.

💡Unutmang! Grippga qarshi vaksina har yili yangilanadi, chunki gripp viruslari o‘zgarib boradi. Shu sababli mavsumiy vaksinatsiyani o‘z vaqtida olish tavsiya etiladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

16-11-2026, 14:00
Ortga qaytish