Bosh sahifa / TA’LIM TASHKILOTLARIDA GRIPP VA O‘RVINING OLDINI OLISH CHORALARI NAZORATDA

TA’LIM TASHKILOTLARIDA GRIPP VA O‘RVINING OLDINI OLISH CHORALARI NAZORATDA

🦠Bolalar jamoalarida respirator yuqumli kasalliklarning tez tarqalish xavfi yuqori. Shu bois mavsumiy gripp va o‘tkir respirator infeksiyalarning (O‘RI) oldini olish, bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda epidemik barqarorlikni ta’minlash maqsadida ta’lim tashkilotlarida profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda.

📍Poytaxtimizdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mavsumiy gripp va O‘RI tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar monitoring qilinmoqda.

🔎Monitoring davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

✅Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki tibbiy filtr tadbirlarining sifatli tashkil etilishi, kasallik alomatlari kuzatilgan bolalarni erta aniqlash;
✅ Kun davomida betobligi aniqlangan bolalarni boshqa tarbiyalanuvchilardan ajratish uchun izolyator xonalarining mavjudligi va tayyorligi;
✅ Guruhlardagi xona harorati hamda belgilangan issiqlik rejimiga rioya qilinishi;
✅ “Toza qo‘llar” dasturi doirasida qo‘l yuvish joylari, sovun va gigiyenik vositalar bilan ta’minlanganlik;
✅ Birinchi yordam uchun zarur vositalarning mavjudligi va belgilangan tartibda saqlanishi;
✅ Gripp va O‘RIdan himoyalanish uchun zarur profilaktik hamda himoya vositalari zaxirasining shakllantirilganligi;
✅ Xonalarda muntazam tozalash va dezinfeksiya tadbirlarining amalga oshirilishi, dezinfeksiya vositalari bilan yetarli ta’minlanganlik;
✅ O‘quvchilar, tarbiyalanuvchilar va ota-onalar o‘rtasida grippga qarshi emlanishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilishi.

 

⚠️Monitoring natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

❗️Unutmang! Kasallikning oldini olish uni davolashdan ko‘ra samaraliroq. Ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, xonalarni muntazam shamollatish, qo‘l gigiyenasiga amal qilish va kasallik alomatlari kuzatilganda bolani jamoaga yubormaslik infeksiya tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

13-11-2026, 10:00
Ortga qaytish