🔍Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Sanepidqo‘mita topshirig‘iga asosan Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olishga qaratilgan sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.
🖥Tekshiruv davomida tibbiyot muassasasida sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlariga rioya etilishi, shifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasi bo‘yicha belgilangan talablarning bajarilishi holatlari o‘rganildi.
⚖️O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.
📌Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish, sanitariya qoidalari va epidemiologik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🛡Eslatib o‘tamiz, shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish — bemorlar va tibbiyot xodimlari xavfsizligini ta’minlash, tibbiy xizmat sifatini oshirishning muhim shartidir.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati