🩺Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan sil kasalligining oldini olish, uni barvaqt aniqlash hamda infeksiya tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
📍Xususan, Uchtepa tuman sil kasalliklari dispanserida saralash ishlari tashkil etilib, sil kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning tibbiy ko‘riklardan o‘tganlik holati o‘rganildi.
🔬Tadbir davomida:
▫️sil kasalligi bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi;
▫️flyuorografiya tekshiruvi bilan qamrab olinishi;
▫️kasallikni erta bosqichda aniqlash;
▫️zarur profilaktik va epidemiologik tadbirlarning o‘z vaqtida tashkil etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 383-son buyrug‘i talablari asosida amalga oshirilmoqda.
❗️Unutmang! Sil kasalligini erta aniqlash, tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish va profilaktika qoidalariga rioya qilish kasallik tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati