Bosh sahifa / ESKI JUVA DEHQON BOZORIDA SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARIGA RIOYA ETILISHI O‘RGANILDI

ESKI JUVA DEHQON BOZORIDA SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARIGA RIOYA ETILISHI O‘RGANILDI

‼️Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari Eski Juva dehqon bozori ma’muriyati bilan hamkorlikda bozordagi go‘sht rastalari hamda milliy taomlarni tayyorlash va sotish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish tadbirini o‘tkazdi.

🔎O‘rganish davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

🔺Go‘sht mahsulotlarining saqlanishi va savdoga chiqarilishidagi sanitariya talablariga rioya etilishi;
🔺Savdo rastalari va oziq-ovqat tayyorlanadigan joylarning sanitariya holati;
🔺Milliy taomlarni tayyorlashda tozalik va gigiyena qoidalariga amal qilinishi;
🔺Mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash hamda tegishli hujjatlarning mavjudligi;
🔺FORMA 22 bilan bog‘liq talablarning bajarilishi.

✅Tadbir davomida tadbirkorlar bilan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish va iste’molchilarga sifatli hamda xavfsiz mahsulot yetkazib berish yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Ularga zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar mas’ullarga ko‘rsatilib, ularning bir qismi joyida bartaraf etildi.

🛡Unutmang, oziq-ovqat xavfsizligi — avvalo, inson salomatligi va iste’molchilar ishonchi demakdir! Bozorlarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish nafaqat mas’ul tashkilotlar, balki har bir tadbirkorning ham muhim vazifasidir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


2-11-2026, 16:00
Ortga qaytish