Bosh sahifa / YUNUSOBODDA BOLALAR SALOMATLIGI YO‘LIDA PROFILAKTIK EMLASH TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

YUNUSOBODDA BOLALAR SALOMATLIGI YO‘LIDA PROFILAKTIK EMLASH TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🦠Yunusobod tumanida bolalarni mavsumiy gripp hamda qizamiq kasalliklaridan himoya qilishga qaratilgan profilaktik emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🔺Emlash jarayonlari belgilangan emlash taqvimiga muvofiq tashkil etilib, har bir bola avval shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, emlashga ruxsat berilgan bolalarga tegishli vaksinalar qo‘llanilmoqda.

✅Jarayonlarning sifatli va xavfsiz tashkil etilishi Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan nazorat qilinmoqda.

🛡Unutmang, profilaktik emlash — bolalarni yuqumli kasalliklardan himoya qilish va ularning salomatligini asrashdagi muhim choralardan biridir.Farzandingizning emlash taqvimiga amal qiling, uning salomatligiga befarq bo‘lmang!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


2-11-2026, 12:34
Ortga qaytish