🌿Mavsumiy gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning tarqalishining oldini olish, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar muntazam olib borilmoqda.
📍Shayxontohur tumanidagi 167-, 171-, 293-, 84-, 61-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 167-, 13- va 59-sonli maktablarlarda sanitariya-gigiyena va epidemiologiya bo‘limi xodimlari tomonidan gripp kasalligi profilaktikasi bo‘yicha ertalabki filtr nazorati o‘tkazildi.


🔎Tadbir davomida:
💬O‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning umumiy holati kuzatildi;
💬 Gripp va O‘RVI belgilari bo‘yicha ertalabki nazorat amalga oshirildi;
💬 Kasallik alomatlari aniqlangan holatlarda tegishli profilaktik choralar ko‘rishga e’tibor qaratildi;
💬 Maktab va DMTT jamoasiga gripp va O‘RVI tarqalishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅Ertalabki filtrni muntazam tashkil etish yuqumli kasalliklarni erta aniqlash va ularning ta’lim muassasasida tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati