🔎Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 169-sonli umumta’lim maktabida rejali sanitariya nazorati o‘tkazildi.
🎯Nazoratdan ko‘zlangan maqsad — ta’lim muassasasida sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga rioya etilishini o‘rganish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va sog‘lom ta’lim muhitini ta’minlash hamda kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar holatini baholashdan iborat.
✏️Nazorat yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab direktoriga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
⚠️Nima uchun bu muhim?
Ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda sog‘lom ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
✅Sanitariya qoidalariga rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish va profilaktik tadbirlarni muntazam amalga oshirish har bir ta’lim muassasasi mas’ullarining muhim vazifalaridan biridir.
📌Sanitariya nazorati — sog‘lom avlod va xavfsiz ta’lim muhiti yo‘lida muhim qadam!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
